«tez yordam» tegli maqolalar


Toshkentda tez tibbiy yordam shifokori bemor tomonidan do‘pposlandi
27 mart 2021, 16:28

Toshkentda tez tibbiy yordam shifokori bemor tomonidan do‘pposlandi

Toshkent shahrida chaqiruv bo‘yicha yetib borgan tez tibbiy yordam shifokori ko‘rikni o‘tkazayotgan paytda bemor tomonidan do‘pposlandi. Hozirda shifokorning ahvoli og‘ir, unga bosh miyaning turli darajadagi jarohatlari yetkazilgan.

2020 yilda aholi 11,5 million marta «tez yordam» chaqirgan
27 yanvar 2021, 13:58

2020 yilda aholi 11,5 million marta «tez yordam» chaqirgan

2020 yilda «tez yordam» xizmatlariga 11,5 milliondan ko‘proq murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5 million marotaba ko‘proq. Eng ko‘p chaqiriqlar Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida kuzatilgan.

Yil davomida tez tibbiy yordamga 10 mlndan ortiq murojaatlar kelib tushgan
11 noyabr 2020, 09:02

Yil davomida tez tibbiy yordamga 10 mlndan ortiq murojaatlar kelib tushgan

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizov joriy yilda “103” tez tibbiy yordam raqamiga 10 milliondan oshiq murojaatlar kelib tushganini ma’lum qildi. “Bu yil shoshilinch tibbiy yordam xodimlari uchun ancha sertashvish yil keldi, desak, adashmaymiz”, — deya ta’kidladi.

Tez yordam xizmatiga murojaatlar soni oshib boryapti
7 sentabr 2020, 18:40

Tez yordam xizmatiga murojaatlar soni oshib boryapti

26 avgustdan boshlab tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan 34,2 minggacha oshgan. Tana harorati oshgani sabab chaqiruvlar esa 2,5 mingdan 3,5 mingtagacha ko‘paygan.

Tez yordam xodimlarini mukofotlashga 200 mlrd so‘m, jumladan, Alisher Usmonov mablag‘lari yo‘naltiriladi
30 iyul 2020, 22:19

Tez yordam xodimlarini mukofotlashga 200 mlrd so‘m, jumladan, Alisher Usmonov mablag‘lari yo‘naltiriladi

Tez tibbiy yordam brigadalari xodimlarini mukofotlashga davlat byudjetidan 100 mlrd so‘m, Alisher Usmonov xayriya yordami mablag‘laridan — 100 mlrd so‘m ajratiladi.

Cobalt va tez yordam mashinalari to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
28 iyul 2020, 15:56

Cobalt va tez yordam mashinalari to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Namanganda Cobalt va tez yordam mashinalari to‘qnashuvi natijasida bir nafar fuqaro vafot etdi va yana ikki fuqaro turli darajalardagi tan jarohatlari olishdi.

«Karantin asosiy g‘oyasini yo‘qotdi» — immunolog-infeksionist
27 iyul 2020, 16:03

«Karantin asosiy g‘oyasini yo‘qotdi» — immunolog-infeksionist

Immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayevaning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus aholi orasida tarqalishi sababli qattiq karantin cheklovlarini o‘rnatish choralari asosiy g‘oyasini yo‘qotgan. Virusolog Dildora Sekler esa hozir bemorlarni tibbiy tartiblash muhim ekanini ta’kidlamoqda.

Deputat UzAuto Motors ga qarshi: tez yordam uchun Damas narxlari va xayriya muammosi bilan bog‘liq ayblovlar
21 iyul 2020, 19:54

Deputat UzAuto Motors ga qarshi: tez yordam uchun Damas narxlari va xayriya muammosi bilan bog‘liq ayblovlar

Deputat Rasul Kusherbayev UzAuto Motors kompaniyasini Damas larni «ot narxlarida» sotishda va koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq og‘ir ahvolga e’tibor bermaslikda aybladi. «O‘zavtosanoat» ning ta’kidlashicha, kompaniya xayriya maqsadida 37 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratgan. Lekin kompaniya deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan «Xayriya to‘g‘risida» gi qonun sababli xayriyaga undan ko‘proq sarflay olmasligini aytmoqda.

Tez yordam xodimlari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
20 iyul 2020, 17:57

Tez yordam xodimlari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

Kuchaytirilgan tartib davrida tez tibbiy yordam xodimlari maoshlariga oylik qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilanadi. Unga ko‘ra, vrach xodimlar — 2,5 mln so‘m, o‘rta tibbiyot xodimlari — 1,5 mln so‘m va haydovchilar — 1 mln so‘m oladigan bo‘ldi.

Toshkentda tez yordamga murojaat qilayotganlar soni uch barobarga oshdi
20 iyul 2020, 15:36

Toshkentda tez yordamga murojaat qilayotganlar soni uch barobarga oshdi

Toshkentdagi tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlar soni uch baravar ko‘payib, kuniga 6 mingtaga yetdi. Tez yordam mashinalari soni esa 178 dan 300 gacha oshirildi.

Tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi
8 iyul 2020, 09:39

Tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi

Buxoro viloyatida tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu yuk avtomobilining orqa qismiga borib urilgan. YTH natijasida tez tibbiy yordam avtomashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etishgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting